
Venger “Arsenal”ni yana bir frantsuz bilan “boyitmoqchi”
Londonning “Arsenal” klubi “Sevilya” yarim himoyachisi Stivena N'Zonzi uchun kurashga qo‘shildi. Britaniyaning Express nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “kanonirlar” raxbariyati frantsiyalik futbolchi uchun andalusiyaliklarga 25 million evro tovon puli to‘lashga tayyor.
Aytish kerakki, “Sevilya” 28 yoshli futbolchisi borasida bir qator takliflarga ega. Ispan klubi ana shu takliflardan eng ma’qulini tanlaydi. Aniqrog‘i, N'Zonzi uchun nafaqat “Arsenal”, balki, "Yuventus", "Chelsi", "Manchester Siti" va "Tottenxem" kabi jamoalar ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" kechagi g‘alabadan so‘ng premer-ligada 40 ochko jamg‘argan holda, "Chelsi" va "Liverpul"dan so‘ng 3-pog‘onada bormoqda.
Fikrlar