
Vardi APLning kuchli oltiligidagi jamoalarga 25-golini urdi
"Lester" klubi forvardi Jeymi Vardi ayni damda davom etayotgan "Tottenxem"ga (1:2 birinchi bo‘lim) qarshi APLning 38-turida o‘z nomiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
E’tiborlisi, ushbu gol 31 yoshli futbolchi uchun premer-liganing kuchli oltiligiga kiruvchi jamoalar darvozasiga kiritgan 25-goli bo‘ldi.
Vardi shu kunga qadar "Liverpul" (7), "Arsenal" (6), "Manchester Siti" (4), "Manchester Yunayted" (3), "Tottenxem" (3) va "Chelsi" (2) klublari darvozasiga yo‘l topa olgan.
Fikrlar