Vanihoyat: “Real Madrid” bosh murabbiyga ega bo‘ldi

  • 14 noyabr, 2018, 07:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” jamoasi rahbariyati  Santyago Solarini bosh murabbiy lavozimiga rasman tayinladi. 42 yoshli mutaxassisning madridliklar bilan shartnomasi 2021 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Tecno

Bir necha hafta oldin Solari “Real” bosh murabbiyi lavozimidan ozod etilgan Xulen Lopetegi o‘rnini vaqtincha egallagan edi. Solari qo‘li ostida “Qirollik klubi” 4 o‘yin o‘tkazib, barchasida zafar quchdi.

Ma’lumot uchun, “Real” Ispaniya chempionati 12-turidan keyin 20 ochko bilan turnir jadvalining 6-o‘rinidan joy olmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!