Van Gal: MYu rahbarlari meni aldashdi
“Manchester Yunayted” klubi sobiq bosh murabbiyi Lui van Gal jamoaning amaldagi ustozi Joze Mourinyudan xafa emasligini aytib o‘tdi.
“Men Mourinyudan xafa emasman. Har qanday murabbiy “Manchester Yunayted”ni boshqarishni istaydi. Bu dunyoning eng katta jamoalaridan biri.
Menimcha Joze ham buni juda xohlagan. U “Chelsi”da 13-o‘rinda borib, MYu boshqaruviga keldi. Mening jamoam esa o‘shanda 4-o‘rinda edi.
Rahbariyat dastavval menga ishonch bildirishini aytib, ortimdan iste’foga chiqarishgani yoqmagan. Xatto, Angliya kubogida g‘olib chiqqan bo‘lsamda”, - deydi gollandiyalik mutaxassis.



Fikrlar