Valverdega La Liga peshqadamligini qaytarishi uchun uch yo‘l bor

  • 20 oktabr, 2018, 13:41
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Andalusiyaliklar bu uchrashuvga kataloniyaliklardan bir ochko ko‘proq jamg‘argan holda La Liga peshqadami sifatida tashrif buyurmoqda. Bu esa «Barsa»ga katta bosim yuklaydi. U siz ham «ko‘k-anorranglilar» bosim ostida qolib ketmoqda. Ular La Liganing so‘nggi to‘rt uchrashuvida birorta g‘alabaga erishma olmay kelmoqda.

Tecno

O‘tgan turda «Valensiya» bilan bo‘lgan durang yaxshi natija. Ammo «Atletik» va «Jirona»lar bilan ham o‘ynalgan durang va «Leganes»dan uchralgan mag‘lubiyatlardan keyin bunday natijani yaxshi deb bo‘lmaydi. «Barselona» yakunda peshqadamlikni boy berdi va eng alamlisi raqiblarining «qoqilishi»dan unumli foydalana olmadi.

Shu sababli ular bugungi uchrashuvda nima qilib bo‘lsada g‘alaba qozonishlari shart. Shu tariqa ular yana turnir karvonboshiligini qaytarib olishlari mumkin. Aks holda «Atletiko», «Real» va «Alaves»lar kataloniyaliklarni quvib o‘tishlari mumkin. Xo‘sh, Ernesto Valverde shogirdlari bunday murakkab vazifani qanday qilib bajarishadi? Quyida buning uch yo‘lini tahlil qilamiz.

  1. 4-4-1-1 o‘yin sxemasida o‘ynash

Norasmiy ravishda «Barselona»ning o‘yin tizimi 4-3-3 hisoblanadi. Hamma «Kamp Nou» egalari qanday o‘ynashini juda yaxshi biladi. Biroq muvozanatni to‘g‘rilamasdan turib Leo Messini ushbu tizimda o‘ynatish ayanchli oqibatlarga olib keladi.

Ko‘rinishidan Messi «o‘ng qanot vingeri» vazifasida o‘ynaydi, lekin u u erda o‘ynamaydi, hisob. U hamma erda va pozitsiyada paydo bo‘lishi va o‘yinni o‘z qo‘liga olishi mumkin. Biroq o‘ng qanot qarshi hujum uyushtirish uchun ochiq zonaga aylanadi. Ivan Rakitich esa bu zonani yopishda yordam berishga harakat qiladi. Filippe Koutino esa yarim himoyada yolg‘ilanib qolgan Serxio Busketsga ko‘maklashishga urinadi.

Mana shunday o‘ynash tufayli klub ko‘p hollarda jabr chekib kelmoqda. Shu sababli ham Valverde «Tottenxem» va «Valensiya»ga qarshi uchrashuvlarda yarim himoyani kuchaytirish maqsadida 4-4-1-1 o‘yin tizimini tanlagandi. «Chumoli» bu sxemasini «Sevilya»ga qarshi o‘yinda ham qo‘llashi kerak. Bu g‘alabaga erishishda yordam berishi mumkin, eng muhimi bunda raqibning qarshi hujumlarini bartaraf qilishda katta yordam beradi.

«Sevilya» «Real Madrid»ni 3-0 hisobida er tishlatgandi. Agarda «Barsa» to‘pga egalik qilmasa va tayanch zonasida xatolarga yo‘l qo‘ysa, xollariga voy bo‘lishi aniq. 4-4-1-1 da Messining markazdan joy olishi jamoasining himoyalanishida muhim element hisoblanadi. To‘p bilan bo‘lganda esa eng xavfli qismga aylanishi hech kimga sir emas.

  1. Luis Suaresni boshqarish

4-4-1-1 ning boshqa bir muhim jihati shuki bunda Messi Suaresga yaqin joyda o‘ynaydi. Urugvaylik hujumchining sport formasi yangi mavsumda pasayganini ko‘rsatmoqda. Ochig‘ini aytganda jamoa hujumchisi oddiy vaziyatlarni ko‘kka sovuraversa super jamoadan ham g‘alabani kutish qiyin.

Shu tufayli Valverde asosiy hujumchisining samarasizligi haqida qayg‘urishi kerak. Suares klubning g‘alabasiz o‘yinlarida birortayam gol ura olmadi. Faqatgina «Valensiya» va «Tottenxem»ga qarshi uchrashuvlarda o‘zini ijobiy tarafdan ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi.

Fakt shuki Suaresning xavfli vaziyatlarni golga aylantira olmasligi tufayli «Barselona» ko‘p ochko yo‘qotishiga to‘g‘ri keldi. Suares ko‘p hollarda noto‘g‘ri pozitsiya tanlaydi yoki to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmaydigan bo‘lib qoldi.

Buning yagona echimi Valverdening boshqaruv uslubi. Suares hamon jamoasi uchun benazir bo‘lishi mumkin, ammo bunday porlash faqatgina to‘satdan paydo bo‘lishi mumkin. «Barsa»ni uchta muhim uchrashuv kutib turibdi. «Sevilya»ga qarshi bahsdan keyin Chempionlar Ligasi doirasida «Inter» va nihoyat keyingi hafta oxirida bo‘lib o‘tadigan «El Klassiko»! Suares ushbu uchrashuvlarning barchasida o‘ynay olmaydi. U «Inter»ga qarshi o‘yinning yarmidayoq «to‘kilib qolsa» kerak. Haqiqatga yaqini u ikkita o‘yinda ishtirok eta oladi.

Xo‘sh, qaysi ikki uchrashuvda? Bu savol Valverdega bog‘liq. Aynan Suaresdan foydalanish yakunda uning g‘alabasini ta’minlashi mumkin. «Sevilya»ga qarshi o‘ynab, hafta ichida dam olgach «El Klassiko»da o‘ynash variantimi? Yoki bugungi uchrashuvda dam olib keyingi ikki o‘yinda ishtirok etish varianti? Balki andalusiyaliklarga qarshi bir soatcha o‘ynab zaxiraga olinar, keyin «Inter»ga qarshi o‘yinni zaxiradan boshlab, Ispaniya derbisida asosiy tarkibda tushar?

Bir qator variantlar bor. Ammo Ernesto Valverde Suares sakkiz kun ichida uchta muhim uchrashuvda yuqori saviyada o‘ynay olmasligidan uyalmasligi shart. Agarda uning o‘yini qovushmasa Valverde uni zaxiraga olishda ikkilanmasligi zarur. Urugvaylik hujumchining obro‘si ancha yuqori. Ammo «Barsa» yorqin o‘yin ko‘rsatishi uchun u zaxiraga olinmaslik huquqiga ega emas.

  1. Usmon Dembele va Malkomdan foydalanish

«Barselona» sekin harakat qiladigan jamoa. Ularning eng zo‘r futbolchilari ham haqiqiy tezlikka ega emas. Haqiqat shuki, klubda faqatgina besh futbolchining tezligi haqida muammo bo‘lishi mumkin emas. Ularning ikkitasi qanot himoyachilari – Jordi Alba va Nelson Semedular hisoblanishadi. Yarim himoyada Filippe Koutino bor. Hujumda esa Usmon Dembele va Malkomchalik tezkor futbolchilar yo‘q.

So‘nggi tilga olinganlardan esa Valverde foydalanib ko‘rishi shart. Albatta u mavsumni Dembele bilan boshladi. Frantsiyalik iqtidor egasi mavsumni beshta gol urib boshlaganiga qaramay birinchi muammolar ko‘zga tashlangan vaqtdayoq imkoniyatlar eshigi yopib qo‘yildi. Malkomchi? Ehtimol Valverde Malkom jamoasida o‘ynashini unutib qo‘ygandir.

So‘nggi omadsiz o‘yinlarda aynan shu ikki futbolchi hujum chizig‘ida etishmadi. Ikkalasiyam hali yosh, tezkor va texnikasi yuqori. Shu sababli klub bosh murabbiyi bu masalaniyam o‘ylab ko‘rishi kerak bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!