
Valverde va Messi Koutinodan xavotirda
“Barselona”da jamoa yarim himoyachisi Filippe Koutinoning o‘yinidan norozi bo‘lmoqda, deya xabar bermoqda ispan OAV.
Don Balon nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, futbolchining holatidan bosh murabbiy Ernesto Valverde va hujumchi Lionel Messi xavotirda. Ular fikricha, braziliyalik futbolchi yaxshiroq o‘ynashi kerak va yaxshi natijaga erishishi uchun ko‘proq o‘ziga ishonishiga umid qilmoqda.
26 yoshli braziliyalik “Barselona” safida 18 o‘yinda 5 gol va 4 golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar