
Valverde "Betis"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?
"Barselona" klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde kecha "Betis"ga (3:4) qarshi bahsdagi mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Biz birinchi bo‘limda juda yomon o‘ynadik. O‘tkazib yuborilgan 2ta gol bizga kuchli ta’sir qildi va biz shundan so‘ng o‘yinga qayta olmadik. Biz ikkinchi bo‘limning yarmini yaxshi o‘tkazdik, ammo bu biz uchun etarli bo‘lmadi.
Xalqaro tanaffusga peshqadam sifatida ketish yoqimli. Biroq, endi bundan buyon yanada e’tiborliroq bo‘lishimiz lozim. Chunki, Primeroda raqobatchi jamoalar ko‘paydi va bugun o‘zingiz bunga guvoh bo‘ldingiz”, - deydi Valverde.
Fikrlar