Vadim Afonin Premer-ligada o‘ynaydi

CHERY AUTO

Hamyurtimiz Vadim Afonin to‘p tepadigan “Orenburg” klubi kelgusi mavsum Rossiya Premer-ligasida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi.

Tecno

Gap shundaki, Rossiya Milliy Futbol ligasi 37-turida “Orenburg”ni turnir jadvalida ta’qib etib kelayotgan “Enisey” jamoasi ochko yo‘qotdi va o‘z-o‘zidan 83 ochkoga ega bo‘lgan Vladimir Fedotov jamoasi  muddatidan avval RPL yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum “Orenburg” klubi o‘tish bahslarida Xabarovskning SKA jamoasiga imkoniyatni boy berib, Premer-ligani tark etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!