"Uzbek Tigers"ning raqibi "China Dragons" Toshkentga eng zo‘r bokschilarini olib keladi

CHERY AUTO

 

Tecno

The World Series Boxing (WSB) - Butunjahon boks seriyalarining VII mavsumida “S” ishtirok etayotgan jamoalar 18 mart kuni to‘rtinchi tur uchrashuvlarini o‘tkazadi. Nufuzli musobaqada yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgan "Uzbek Tigers" bokschilari shu kuni Toshkentda Xitoyning "China Dragons" jamoasini qabul qiladi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatidan SPORTS.uz axborot portaliga ma’lum qilishlaricha, "China Dragons" bosh murabbiyi Aymin Deng Toshkentda bo‘ladigan janglarga eng kuchli bokschilarni olib keladigan bo‘ldi.

Bo‘lajak jangda “Xitoy ajdarlari” sharafini besh nafar bokschi himoya qiladi:

52 kilogramm

Yong Chang – Xitoy chempionati-2016 g‘olibi

60 kilogramm

Sen Vang – Xitoyning amaldagi chempion

69 kilogramm

Vey Liu – 2015 yilgi jahon chempionati sovrindori

81 kilogramm

Jiabin Xuang – 2016 yilgi Xitoy chempioni

+91 kilogramm

Xaypeng Mu – 2015 yilgi Xitoy chempioni

"Uzbek Tigers" - "China Dragons" uchrashuvi shu yilning 18 mart kuni “O‘zbekiston” sport majmuasida 18:30da boshlanadi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!