
“Uzbek Tigers” chorak finalda o‘ta kuchli raqib bilan jang qiladi
Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi – AIBA tomonidan o‘tkazilayotgan The World Series Boxing (WSB) - Butunjahon boks seriyalari VIImavsumida pley-offga chiqqan “Uzbek Tigers” bokschilari chorak finalda o‘ta kuchli raqib bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.
O‘zbekistonlik bokschilar yarim final yo‘llanmasi uchun bo‘ladigan jangda WSB turnirining amaldagi g‘olibi – Kubaning “Cuba Domadores” jamoasiga qarshi ikkita uchrashuv o‘tkazadi.
Chorak finalning dastlabki beshta jangi 13 may kuni “Uzbek Tigers” maydonida bo‘ladi. Javob uchashuvi 19 may kuni Kubada tashkil qilinadi.
“Uzbek Tigers” bokschilari o‘tgan mavsumning yarim finalida “Cuba Domadores” bokschilariga mag‘lub bo‘lgan edi. Kubaliklar Toshkentdja tashkil etilgan finalda turnir bosh sovrinini qo‘lga kiritgan.
"Uzbek Tigers" jamoasiga oid eng qaynoq xabar, foto va video materiallarni SPORTS.uz axborot portalida kuzatib boring.
Fikrlar