
Useyn Boltga professional shartnoma taklif qilishdi
Qisqa masofaga yugurish bo‘yicha sayyoramizning eng kezkor sportchisi yamaykalik Useyn Bolt engil atletikadan keyin futbol bilan shug‘ullanib yurganidan xabaringiz bor. Ma’lum bo‘lishicha, unga Avstraliya klublaridan biri professional shartnoma taklif qilgan.
Bolt ayni paytda "Sentral Kost Merines" jamoasida shug‘ullanib kelmoqda. 10 kun muqaddam ushbu jamoa tarkibida o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, dubl qayd etishga ham muvaffaq bo‘lgan va o‘shanda uning jamoasi 4:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Futbolchining agenti Riki Sims shartnoma borasidagi xabarni tasdiqlamoqda. Kelishuv ijobiy yakunlanadigan bo‘lsa, yamaykalik sportchi rasman klub o‘yinchisi sifatida ommaga e’lon qilinadi.
Fikrlar