
Useyn Bolt futbolda kimdan ilhomlanishini aytdi
Yamaykaliy dunyoga mashhur sprinter Useyn Bolt futbolda uni "Yuventus" hujumchis Krishtianu Ronaldu ilhomlantirishini aytdi.
“Men Krishtianu Ronalduning muxlisiman. Nega deysizmi? U tinimsiz mehnat bilan ulkan yutuqlarga erishdi. U eng zo‘ri bo‘lish uchun nimalar qilish kerakligini biladi. U har doim meni ilhomlantiradi”, - deydi Bolt.
Eslatib o‘tamiz, sayyoramizning eng tezkor odami ayni damda Avstraliyaning "Sentral Koust Mariners" klubi sharafini himoya qilmoqda.
Fikrlar