
Useyn Bolt Yamayka terma jamoasiga chaqirilishi mumkin
Yamaykalik dunyoga mashhur sprinter Useyn Bolt ayni damda professional futbolchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgani barchaga yaxshi ma’lum. ESPN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Yamayka futbol federatsiyasi prezidenti Maykl Riketts 8 karra olimpiyada chempioni hisoblangan Boltni mamlakat terma jamoasiga chaqirilishi mumkinligi haqida aytib o‘tdi.
“Bolt Yamayka klubi bilan shartnoma imzolamaganidan afsusdaman. Chunki, agar shunday bo‘lganida biz uni doimiy ravishda kuzatish imkoniga ega bo‘lardik. Biroq, shunga qaramay agar u terma jamoa darajasiga yarasha o‘yin ko‘rsatsa, u terma jamoaga chaqirilishi mumkin”, - deydi Riketts.
Eslatib o‘tamiz, Bolt ayni damda Avstraliyaning "Sentral Kost Meriners" klubida to‘p surmoqda.
Fikrlar