
"Uotford" - "Manchester Yunayted" 1:2 (video)
Hozirgina Angliya Premer-ligasi 5-turidan o‘rin olgan "Uotford" hamda "Manchester Yunayted" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi.
Uotforddagi «Vikareyj Roud» stadionida kechgan bellashuvda "qizil iblislar" 2:1 hisobidagi qiyin g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Romelu Lukaku va Kris Smollinglar tomonidan kiritilgan gollarga mezbonlar safidan Andre Grey bir marta javob qaytardi. Bu "Uotford" uchun mavsumdagi dastlabki mag‘lubiyat bo‘ldi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar