
Unai Emeri "Sevilya"dagi sobiq shogirdini Londonga olib kelmoqchi
"Sevilya" klubi yarim himoyachisi Ever Banega faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
The Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 30 yoshli argentinalik futbolchiga “Arsenal”dan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. Aniqrog‘i, Banegaga ayni damda “kanonirlar”ga boshchilik qilayotgan “Sevilya”dagi sobiq ustozi Unai Emeri xaridor bo‘lmoqda. Ispaniyalik mutaxassis sobiq shogirdi yangi jamoasini kuchaytira olishiga ishonmoqda.
Ma’lumot uchun, Banega joriy mavsum hozircha 21ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar