
Umtiti qachon maydonga tushishi ma’lum bo‘ldi
Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Samyuel Umtiti jarohatidan tiklanish jarayonini davom ettiradi.
Cadena Ser tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli frantsiyalik futbolchi 2 haftadan so‘ng to‘liq tiklanadi va Chempionlar ligasining 1/8 finalidan o‘rin olgan “Lion”ga qarshi bahsda jamoasiga yordam bera oladi.
Ma’lumot uchun, Umtiti joriy mavsum “Barselona” safida La Ligada 7ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta golga assistentlik qilishga erishdi.
Fikrlar