Umid Ahmadjonov: Olimpiya terma jamoasiga ispaniyalik murabbiy keladi

  • 15 oktabr, 2018, 10:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor yaqinda Mirjalol Qosimov bosh murabbiy etib tayinlangandi. Ammo hozirgi paytda o‘tkazilayotgan olimpiyachilarimizning yig‘inida ushbu murabbiy ishtirok etayotgani yo‘q. Bu borada O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov SPORTS.uz muhbiriga shunday dedi:

Tecno

- Sizga rostini aytaman, Mirjalol Qosimovni olimpiya terma jamoamizga bosh murabbiy etib tayinlanganimiz aslida bu vaqtinchalik holat edi. Chunki Tokio Olimpiadasiga terma jamoamizni boshqa murabbiy tayyorlaydi. Aniqrog‘i, ayni paytda biz ispaniyalik murabbiy bilan muzokara olib boryapmiz va yaqin kunlarda bu haqida keng ommaga e’lon qilishimiz ham mumkin. Mirjalol Qosimov tajribali murabbiy va uni hurmat qilamiz. Ammo uning sog‘ligini ham o‘ylashimiz kerak. Olimpiya terma jamoamiz uchun ko‘plab nomzod futbolchilar ro‘yxati tuzib chiqilgan. Olimpiya terma jamoasiga yangi murabbiy kelguniga qadar nomzodlarni saralab, yangi bosh murabbiyga tavsiyalar beriladi. Umuman olganda, bizning rejalarimiz katta va shu bilan birga juda jiddiy. Shuningdek, olimpiya terma jamoasiga ispaniyalik mutaxassisni olib kelishda Ektor Kuper bilan ham maslahatlashganmiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rakhmonov Jamshid
15/10/2018 13:49
Умид Аҳмаджонов ОТЖга тезроқ мурббий олиб келмаса, яна Chempionat.asia да "Мураббий қани?#" бошланиб кетади:)))