
Uaylder: Povetkin bilan jangda Joshuaga oson bo‘lmaydi
Super og‘ir vazn toifasining WBC chempionlik kamari sohibi Deontey Uaylder Entoni Joshuaga Aleksandr Povetkin bilan bo‘ladigan jang oson kechmasligini ta’kidlab o‘tdi.
- Povetkin bilan bo‘ladigan mazkur jang Entoni Joshua uchun og‘ir kechadi. Povetkin ajoyib bokschi. men shunday o‘ylayman. U ringda juda aqlli. Ha, baland bo‘yli raqiblar bilan jangda muammolarga duch kelishi mumkin, ammo u aqlli. Agar u imkoniyatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, bundan foydalanish uchun barcha ishni qiladi, - deya Deontey Uaylderning so‘zlarini keltiradi BoxingScene nashri.
28 yoshli Entoni Joshua va 38 yoshli Aleksandr Povetkin o‘rtasidagi jang 22 sentyabr kuni Londondagi "Uembli" arenasida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar