UZREPORT TV navbatdagi katta musobaqaning translyatsiya huquqini qo‘lga kiritdi

CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 6-18 oktyabr kunlari Argentinaning Buenos-Ayres shahrida o‘smirlar o‘rtasida III yozgi olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Tecno

206 mamlakatdan 3926 nafar sportchi ishtirok etadigan musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasi 37 nafar sportchi bilan ishtirok etadi.

UZREPORT axborot agentligi esa mazkur musobaqani O‘zbekiston xududida eksklyuziv translyatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritdi. Bu haqda telekanal rasmiy sayti xabar bermoqda.

Jami 32 sport turida bo‘lib o‘tadigan eng qiziqarli bahslardan translyatsiyalarni jonli efirda va 7/24 xabarlar dasturi orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Olimpiada ochilish marosimini takroran 8 oktyabr, soat 15:00 da UZREPORT TV telekanalida tomosha qiling!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!