UFC: Jon Jons chempiondan kamarni tortib oldi (video)

CHERY AUTO

Kaliforniyaning Anaxaym shahrida tashkil etilgan “UFC 214” jang kechasining asosiy qarama-qarshiligida yarim og‘ir vazn toifasida jahon chempioni Daniel Korme sobiq jahon chempioni Jon Jonsga qarshi ringga chiqdi.

Tecno

Birinchi raund teng kurashlar ostida o‘tdi va har ikki jangchi ham aniq zarbalarga ega bo‘ldi. Keyingi raundda Jons esa asosan masofa saqlab oyoq va qo‘llarida raqibi tanasiga kuchli zarbalar yo‘llay oldi. Bu o‘rinda Korme yaqin masofadan hujum qilishga harakat qildi.

Uchinchi raundga kelib, Jons ancha faollashdi va vaziyatlarning birida Danielning boshiga aniq av kuchli oyoq zarbasini yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. Shunday so‘ng zarbalar ostida qolib ketgan Korme muddatidan oldin mag‘lubiyatini tan oldi.

Shunday qilib, Jon Jons yarim og‘ir vazn toifasida UFC chempionligini o‘ziga qaytardi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!