
UEFA Evropa ligasining joriy haftadagi ramziy terma jamoasi e’lon qilindi
Xabaringiz bor joriy hafta Evropa ligasida 1/16 final javob bahslari bo‘lib o‘tdi.
UEFA rasmiy sayti esa ushbu o‘yinlarda o‘zini ko‘rsatgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani e’lon qildi.
Darvozabon: Denis Boyko («Dinamo Kiev»);
Himoyachilar: Shtefan Lixtshtayner («Arsenal»), Emir Dilaver («Dinamo» Zagreb), Shkodran Mustafi («Arsenal»), Vladimir Tsoufal («Slaviya»);
Yarim himoyachilar: Pablo Sarabiya («Sevilya»), Granit Jaka («Arsenal»), Ksaver Shlager («Red Bull Zaltsburg»), Kallum Xadson-Odoi («Chelsi»);
Hujumchilar: Sardor Azmun («Zenit»), Petson Daka («Red Bull Zaltsburg»).
Fikrlar