Tyago Silva yana "Milan"ga qaytmoqchi
PSJ klubi himoyachisi Tyago Silva yana "Milan" safiga qaytishga qarshi emas.
“Milan” hamisha mening yuragimda yashaydi va men hech qachon ularga yo‘q deya olmayman. Hozir kelajak haqida gapirish qiyin. Chunki, hamma narsa bo‘lishi mumkin.
Mening faoliyatim asta-sekin yakuniga etib boryapti va uni tugatishdan oldin “Milan”ga qaytishim ajoyib bo‘lar edi”, - deydi braziliyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Silva 2009-2012 yillarda “rossonerilar” sharafini himoya qilgan.



Fikrlar