
Tuxel Vengerni PSJga olib kelmoqchi, biroq...
PSJ klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel rahbariyatdan jamoaning sport direktorini o‘zgartirishni talab qilmoqda.
RMC Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra agar germaniyalik mutaxassis klub rahbariyatini hozirgi sport direktori Anter Enrikeni iste’foga chiqarishga ko‘ndirsa, ushbu lavozimga “Arsenal”ning sobiq ustozi Arsen Vengerni olib kelmoqchi.
Ta’kidlash kerakki, Tuxel va Enrike o‘rtasida o‘zaro kelishmovchiliklar mavjud. Biroq, portugaliyalik funktsionerning PSJ xo‘jayinlari bilan aloqalari juda yaxshi hisoblanadi.
Fikrlar