
Triatlon bo‘yicha O‘zbekiston kubogi start oldi
Navoiy shahrida sportning texnik va amaliy turlari sirasiga kiruvchi triatlon bo‘yicha O‘zbekiston kubogining birinchi bosqichi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan bellashuvlarga ko‘ra, birinchi bosqichda umumjamoa hisobida 592 ochko to‘plagan Toshkent shahri vakillari shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Ikkinchi o‘rin mezbon navoiyliklarga nasib etgan (552 ochko) bo‘lsa, kuchli uchlikka Sirdaryo viloyati vakillari yakun yasashdi.
Fikrlar