
"Tottenxem" muxlislari uchun xushxabar
Evening Standart nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, kecha 25 yoshli futbolchidan jarohat olganidan buyon ilk marta jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shildi. Dastavval shifokorlar uning safga qaytishiga hali ikki hafta bor ekanligini aytishgan edi.
Shunday ekan, angliyalik forvard EChL 1/8 final bosqichi doirasida Dortmundda "Borussiya"ga qarshi kechadigan javob bellashuvida ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Keyn yanvar oyi o‘rtalarida jarohat olgan edi va kamida bir yarim oy maydonga tusha olmasligi aytilgan edi.
Joriy yilgi mavsumda Xarri "shporlar" safida barcha musobaqalarda 31 ta o‘yin o‘tkazdi va 20 ta gol kiritib, 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar