
"Tottenxem" futbolchisi bu yil boshqa maydonga tushmaydi
Londonning "Tottenxem" klubi yarim himoyachisi Erik Dayer joriy 2018 yilda boshqa maydonga tusha olmaydi.
Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli angliyalik futbolchi jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi va ko‘richagini oldirdi.
Ma’lumot uchun, Dayer joriy mavsum “shporlar” safida premer-ligada 13ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 2ta gol kiritishga erishdi.
Fikrlar