"Tottenxem" Tripperning narxini e’lon qildi

  • 21 iyul, 2018, 16:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" klubi rahbariyati jamoa himoyachisi Kiran Tripperning transfer narxini e’lon qildi.

Tecno

The Sun tarqatgan xabarga ko‘ra “shporlar” bu yoz 27 yoshli futbolchisi bilan xayrlashmaslik uchun qo‘llaridan kelgancha harakat qilishadi. Biroq, agar buning imkoni bo‘lmasa, klub uni 55 mln evrodan kamiga qo‘yib yubormaydi.

Ma’lumot uchun, Tripper o‘tgan mavsum “Tottenxem” safida jami 35ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Tripperga Myunxenning “Bavariya” klubidan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!