
"Tottenxem" MYuga qarshi o‘yinni yangi stadionda o‘tkazmoqchi
Londonning “Tottenxem” klubi imkon qadar tezroq yangi stadionga ko‘chib o‘tishni istamoqda.
Building nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “shporlar” pudradchilardan yangi arenani 13 yanvargacha, ya’ni, APLning “Manchester Yunayted”ga qarshi bahsigacha foydalanishga topshirishlarini so‘rashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Tottenxem”ning yangi stadioni dastlab 15 sentyabrda foydalanishga topshirilishi ma’lum qilingan edi. Ammo, shundan so‘ng ma’lum sabablarga ko‘ra stadionni ekspluatatsiyaga topshirish jarayoni cho‘zilib kelmoqda.
Ayrim xabarlarga qaraganda esa “Tottenxem” joriy mavsumni ham “Uembli”da o‘tkazishi mumkin.
Fikrlar