
"Tottenxem" Jekoni yana APLga qaytarmoqchi
Londonning "Tottenxem" klubi 1,5 oyga safdan chiqqan hujumchisi Xarri Keynning o‘rniga munosib o‘rinbosar qidirishni davom ettirmoqda.
Goal nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “shporlar” bu borada “Roma” forvardi Edin Jekoning xizmatlariga tayanishmoqchi. Ta’kidlash kerakki, 32 yoshli bosniyalik futbolchi uchun Angliya premer-ligasi u qadar begona emas. U o‘z vaqtida “Manchester Siti” safida bir necha mavsum to‘p surgan.
Ma’lumot uchun, Jeko joriy mavsum A Seriyada jami 16ta o‘yinda ishtirok etdi va 2ta golga mualliflik qildi. Uning rimliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2020 yilda o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar