
“Tottenxem” Delli Alli bilan deyarli kelishuvga erishdi
“Tottenxem” klubi yaqin vaqt ichida yarim himoyachi Dele Alli bilan shartnomani uzaytiradi, deya xabar beradi The Independent nashri.
Tomonlar muzokaralarning bir necha bosqichlarini yakunlashdi va deyarli kelishuvga erishgan. Allining London klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yil yozida yakuniga etadi, ammo “Tottenxem” bir qancha top jamoalaring unga qiziqish bildirayotganligi sabab shu ishga qo‘l urmoqda.
22 yoshli Alli “Tottenxem”ga 2015 yili “Milton-Kins Dons”dan 6,63 mln evro evaziga kelgan edi va shu vaqt ichida 111 o‘yin o‘tkazib, 38 golga mualliflik qilgan.
Fikrlar