Toshkent bo‘ylab uchayotgan oqqushlar (foto)

CHERY AUTO

 Toshkentda badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi musobaqasi boshlandi. 

Tecno

Musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Gimnastika federatsiyasi, Xalqaro gimnastika federatsiyasi hamkorligida tashkil etilib, unda O‘zbekiston, Armaniston, Avstraliya, AQSh, Belarus, Bolgariya, Gruziya, Indoneziya, Ispaniya, Isroil, Latviya, Norvegiya, Rossiya, Sloveniya, Tailand, Finlyandiya, Shveytsariya, Estoniya, Yaponiya va Qozog‘iston kabi davlatlardan yuzga yaqin gimnastikachi o‘zaro bahslashmoqda. 

21 aprel kuni mazkur musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Jahon kubogi bosqichida tajribali gimnastikachilarimiz Sabina Toshkenboeva va Anastasiya Serdyukova mamlakatimiz sharafini himoya qilmoqda. Guruh bahslarida Kseniya Aleksandrova, Safiya Bozorova, Alina Qosimova, Dinora Ravshanbekova, Komilabonu Rustamova, Go‘zal Raymanovadan iborat guruh ishtirok etmoqda. 

Manba:uza.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!