Toshkent KXL uchrashuvlaridan biriga mezbonlik qiladi

  • 20 fevral, 2019, 12:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Xokkey
CHERY AUTO

O‘zbekiston xokkey federatsiyasi raisi Baxtiyor Fozilov hamda rais o‘rinbosari Kirill Matveev kecha Moskva shahrida Kontinental xokkey ligasi rahbari Dmitriy Chernishenko bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekistonda qayta tiklanayotgan xokkeyni rivojlantirish va ommalashtirish masalalarini, shuningdek yangi imkoniyatlarni muhokama qilishdi. Unda «Humo» ko‘ptarmoqli arenasi bitganidan so‘ng yurtimizning turli hududlarida ham zamonaviy muz arenalari barpo etilishi haqida ham so‘z bordi.

Bundan tashqari, KXL uchrashuvlaridan birini poytaxtimizda o‘tkazish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi. Tomonlar mazkur sport turini yurtimizda rivojlantirish bo‘yicha Rossiya tajribasi foyda berishiga, bu orqali O‘zbekiston nomi ham xalqaro xokkey xaritasida paydo bo‘lishiga ishonishlarini qayd etib o‘tishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Лео Месси
20/02/2019 12:19
Энди ҳамма эътибор хоккейга....Ла Лига билан ҳамкорлик бор дейди ЎФА..қани бир кўрайлик Ла Лига ўйинларидан бирини Тошкентда ўтганини