Tezkorlik va shijoat bahsi

CHERY AUTO

 

Tecno

Qarshi shahrida o‘smirlar va qizlar o‘rtasida engil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida uch yuzga yaqin sportchi qatnashdi.

Mamlakatimiz engil atletika federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan chempionatning turli masofalarga yugurish bahslarida Oskar Quchmurodov, Dilshod Boboqulov, Fayzullo Po‘latxo‘jaev, Mamurshoh Mamatazimov, Raisa Quchmurodova, Alina Kogan, Dilbar Abdulhamidova, Husnida Ahmedova birinchi o‘rinni egalladi.

Uzunlikka, balandlikka va uch hatlab sakrash bahslarida Nigina Isoeva va Zebo Jumabekova oltin medalni qo‘lga kiritdi. O‘g‘il bolalar o‘rtasida Rahmatillo Rahmatillaev, Asatbek Sulaymonov va Diyor Mansurjonov g‘olib, deb topildi.

Yadro uloqtirishda Mehroj Mamatqulov va Fariza Abduvalieva shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, 60 metrga to‘siqlar osha yugurishda Doniyor Mansurjonov va Shahribonu G‘ofurjonova marra chizig‘ini birinchi bo‘lib bosib o‘tdi.

Chempionatning oltikurash bellashuvlarida Azamat Taurov, beshkurash bahslarida esa Shahribonu G‘ofurjonova zafar quchdi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!