Terri Anri: Mbappeni haliyam "Monako"da o‘ynashini xohlardim

  • 10 noyabr, 2018, 12:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Monako" klubi bosh murabbiyi Terri Anri PSJ forvardi  Kilian Mbappening o‘yinlaridan zavqlanishini aytdi.

Tecno

“Bizda yulduz darajasidagi ajoyib futbolchi bor. U Frantsiyada o‘ynayotganidan xursand bo‘lishimiz kerak. Menga qolsa uning hamon “Monako”da o‘ynashini xohlardim. Shunda bizga PSJga qarshi osonroq bo‘lardi.

Mbappe haqida nima deyishim mumkin? Barcha uning driblingi haqida gapiradi, lekin meni uning yoshidagi bu qadar aqlli o‘yin hayron qoldiradi. Men bunaqa futbolchilarni kamdan-kam ko‘rganman”, - deydi Anri.

Eslatib o‘tamiz, “Monako” Frantsiya chempionatining navbatdagi turida aynan PSJga qarshi o‘ynaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!