
Temurxo‘ja Abduholiqov: "Lokomotiv" bir futbolchiga tayanib qolgan jamoa emas
Anjumanning ikkinchi qismida "temiryo‘lchilar" vakillari ishtirok etishdi. Jumladan jamoa hujumchisi Temurxo‘ja Abduholiqov bo‘lajak uchrashuv oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Superkubok - bir o‘yindan iborat va muhimi bu ham – sovrin. Ertaga g‘alaba uchun maydonga chiqamiz. Biroq, omadga ham ko‘p narsa bog‘liq. Qolaversa, raqib ham kuchli jamoa, safida yaxshi futbolchilar o‘rin olgan. Ammo ertangi o‘yin biz uchun muhim.
Bu futbol. Kimdir ketadi, kimdir qoladi. “Lokomotiv” bir futbolchiga qarab qolmagan. Jamoaviy o‘yin evaziga muvaffaqiyatga erishib kelmoqdamiz.
Hujumchi uchun gol urish muhim, biroq asosiysi jamoam g‘alabasi. Maqsadimiz chempion bo‘lish, OChLda imkon qadar uzoqroqqa borishdir", - dedi Abduholiqov.
Fikrlar