
Taekvondochilarimiz qit’a chempionatini muvaffaqiyatli boshlashdi
Vetnamning Xoshimin shahrida taekvondo WTF bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Biroz avval birinchi kun dasturidan o‘rin olgan musobaqalar yakuniga etdi.
-74 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Nikita Rafalovich barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medal sohibiga aylandi.
Erkaklar o‘rtasida -58 kg vazn toifasida Niyoz Po‘latov, qizlar o‘rtasida esa -46 kg vaznli Madina Mannopova bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.
Ertangi bahslarda yurtimiz sharafini quyidagi sportchilar himoya qilishadi:
Erkaklar:
-63kg: Sardor Toirov
-80kg: Maksim Rafalovich
-87kg: Jasur Boyqo‘ziev
Ayollar:
-53kg: Dinoraxon Mamadibragimova
-67kg: Nigora Tursunqulova
Fikrlar