
Sydney International: Jon Millman ikkinchi davrada o‘ynaydi
Avstraliyalik Jon Millman Sidneyda o‘tayotgan turnirning ikkinchi davrasi uchun o‘tgan bahsda amerikalik Frensis Tiafo bilan raqobatlashdi.
O‘z mamlakatida o‘tayotgan mazkur musobaqada Jon raqibini 4:6, 7:6, 7:5 hisobida taslim qildi va navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.
Endi Millman chorak finalga chiqish uchun vengriyalik Marton Fuchovich, yoki avstraliyalik Jeyms Dakvortga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar