
Superliga: 28-turda eng ko‘p muxlis Buxoroda
Tur doirasida mamlakatamizning 5 ta shahrida o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, "Buxoro" - "Bunyodkor" o‘yini turning eng ko‘p muxlis to‘plagan uchrashuvi bo‘ldi. "Qaldirg‘ochlar"ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan poyoniga etgan bellashuvni 11 mingdan ziyod muxlis stadiondan turib kuzatib bordi.
“Paxtakor” – “Navbahor” qarama-qarshiligini kuzatish uchun "Paxtakor Markaziy" stadioniga kelgan 6 mingdan ziyod muxlislar esa gol guvohi bo‘lishmadi.
Amaldagi chempion - "Lokomotiv" ishtirokidagi o‘yin esa 1215 nafar muxlis to‘play oldi xolos.
“BUXORO” – “BUNYoDKOR” 0:2
Buxoro. “Buxoro” stadioni. 11307 tomoshabin.
“PAXTAKOR” – “NAVBAHOR” 0:0
Toshkent. “Paxtakor” stadioni. 6374 tomoshabin.
“NEFTChI” – AGMK 1:1
Farg‘ona. “Istiqlol” stadioni. 4290 tomoshabin.
“NASAF” – “QO‘QON-1912” 1:1
Qarshi. “Markaziy” stadion. 3118 tomoshabin.
“QIZILQUM” – “SO‘G‘DIYoNA” 2:2
Navoiy. “Yoshlar” sport majmuasi. 2259 tomoshabin.
“LOKOMOTIV” – “METALLURG” 1:0
Toshkent. “Lokomotiv” stadioni. 1215 tomoshabin.
Fikrlar