
Suares ertaga "Tottenxem"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi, Koutino esa asosiy tarkibda boshlaydi
Kataloniyaning “Barselona” klubi forvardi Luis Suares hali ham jarohatidan sog‘aymadi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli urugvaylik futbolchi ertaga Chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi turidan o‘rin olgan “Tottenxem”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Bundan tashqari jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverde ushbu uchrashuvda darvozani Yasper Sillessenga ishonib topshiradi. Shuningdek Artur Ramos va Filippe Koutinolar ham “Tottenxem”ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlashadi.
Fikrlar