
Suares Messining gollariga assistentlik qilish bo‘yicha rekord o‘rnatdi
"Barselona" klubi forvardi Lionel Messi kecha "Valensiya"ga (1:1) qarshi bahsda Luis Suaresning uzatmasidan so‘ng raqib darvozasini ishg‘ol etdi.
E’tiborlisi, bu urugvaylik futbolchining La Liga doirasida argentinalik jamoadoshiga oshirgan 27-golli uzatmasi bo‘ldi.
Opta nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Suares bu borada chempionatda Messining goliga assistentlik qilish bo‘yicha Dani Alves tomonidan o‘rnatilgan rekordni yangiladi. Ta’kidlash kerakki, ayni damda PSJda to‘p surayotgan braziliyalik himoyachi “Barselona”dagi faoliyati davomida Messiga La Liga o‘yinlarida jami 26ta golli uzatma oshirgan.
Fikrlar