
"Stok Siti" Xeseni qo‘shib olishga yaqin
Frantsiyaning PSJ klubi hujumchisi faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishga yaqin. Bu haqda La Nazione nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, Angliyaning “Stok Siti” klubi ispaniyalik 24 yoshlik hujumchiga qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, Xesening o‘zi ham karerasini APLda davom ettirishni istamoqda.
Ma’lumot o‘rnida, oldinroq parijliklar Xeseni “Fiorentina”ga ijaraga berishni xohlashmagandi.
Fikrlar