
Stenli kubogining finali teletomoshabinlar yig‘ish bo‘yicha rekordga yaqinlashdi
Kecha Milliy xokkey ligasining konferentsiyalari finalida "Vegas Golden-nayts" hamda "Vashington kepitalz" jamoalari seriyani boshlab olishdi.
"NBC" telekanalining bergan ma’lumotiga ko‘ra, ushbu bellashuvni AQSh bo‘ylab 5,28 million tomoshabin jonli efirda kuzatib borgan. Bu MXL tarixida finallarning ilk uchrashuvini tomosha qilishborasida uchinchi ko‘rsatkichdir.
Shimoliy Amerika mintaqasi bo‘ylab hisoblanganda, bahsni 8,4 million aholi kuzatgan. Eslatib o‘tamiz, ilk uchrashuvda "Vegas" jamoasi 6:4 hisobida zafar quchgan.
Fikrlar