
Sten Vavrinkaning omadsiz kunlari davom etmoqda
Shveytsariyalik tennischi Sten Vavrinka Professional tennischilar uyushmasi tomonidan o‘tayotgan Sofiya ochiq musobaqasining ikkinchi davrasiga chiqa olmadi.
Sten kutilmaganda turnirning ilk bosqichida ruminiyalik Mariush Kopilga 6:3, 6:7, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Endi "Sofia Open" turnirining navbatdagi bosqichida Kopil bolgariyalik Aleksandar Lazarov, yoki ispaniyalik Fernando Verdaskoga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar