Sportchilarimiz sambo bo‘yicha jahon chempionatida 3 ta medalni qo‘lga kiritdi

CHERY AUTO

Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida sambo bo‘yicha jahon chempionati-2018 musobaqasi yakuniga etdi. Uch kun davom etgan dunyo birinchiligida uch nafar sportchimiz sovrinli o‘rinlarni egalladi.

Tecno

Ayollar o‘rtasidagi musobaqalarda Nodira Gulova 48 kg vaznda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, termamizga hisobiga dastlabki medalni qo‘shib qo‘ydi.

Erkaklar o‘rtasidagi jangovar sambo bellashuvlarida Hakimjon Ismoilov (+100 kg) kumush medalna sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Bekzod Nurmatov (-90 kg) bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu chempionatda jahonning 80 davlatidan 750 nafarga yaqin sportchi 27 medallar jamlanmasi uchun kurash olib bordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!