
Sport kurashlari. Polvonlarimiz yangi mavsumga Toshkent viloyatida tayyorlanmoqdalar
Shu jumladan sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham litsenzion musobaqalarga munosib tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishdilar. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.
Polvonlarimiz bugun Toshkent viloyatining Dukent shaharchasidagi «Yangiobod» o‘quv-mashg‘ulot bazasida yig‘inni boshladilar. Mashg‘ulotlarda 60 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda.
Yunon-rum va erkin kurash bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari aynan shu erda litsenzion musobaqalarga tayyorgarlik ko‘radilar. Mashg‘ulotlar 26 yanvarga qadar davom etadi.
Rejaga ko‘ra, yunon-rum kurashchilarimiz 2 fevraldan so‘ng kuni Vengriya va Xorvatiya mamlakatlarida o‘tkaziladigan reyting turnirlarida qatnashadilar.
Fikrlar