
Sport avtomobillari poygaga shay
Sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2018 yilga mo‘ljallangan kalendar rejasiga asosan joriy yilning 8 – 10 iyun kunlari Toshkent viloyatining Piskent tumanida joylashgan “Janubiy” avtomobil poligonida avtomobil xalqa poygasi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi o‘tkaziladi. Bugun birinchi kun barcha ishtirokchilar avtomobillarini texnik tayyorligini ko‘rikdan o‘tkazishdi.
"Musobaqa oldidan sportchilarning ruxiy tayyorligi va g‘alabaga bo‘lgan istagi yuqori bo‘lishi bilan birga avtomobillari ham texnik shay holatda bo‘lishi eng asosiy omillardan biri",- deydi musobaqa bosh hakami Baris Leщik.
O‘zbekiston kubogida ishtirok etish uchun Samarqand, Jizzax, Buxoro, Andijon, Farg‘ona, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrining 10 ta klubidan jamoalar etib kelishgan.
Ertaga 10 iyun kuni soat 9-30 da “NU”, “A-8” rusumdagi dvigatel sig‘imi 1600 xajm kub va “A-9” rusumli avtomobillar poygasiga start beriladi.
"Musobaqa qoydasiga ko‘ra sportchilar bir aylanasi 4 kilometrdan iborat bo‘lgan xalqa trassani 15 marotaba (60 kilometr) aylanib o‘tishlari kerak. Kubok bahslarida g‘oliblik uchun da’vogar sportchilar ko‘p. Bu esa musobaqalarni tomosha qilish uchun kelayotgan avtoqiziquvchilarga hayajonli daqiqalarpni tortiq etadi deb o‘ylayman", - deydi musobaqa bosh kotibi, milliy toifadagi hakam Bekzod Axmedov.
Fikrlar