
Spalletti Ikardi va Perishichning “Inter”dagi taqdiriga oydinlik kiritdi
Milanning "Inter" klubi bosh murabbiyi Luchano Spalletti hujumchi chizig‘i etakchilari – Mauro Ikardi va Ivan Perishichlarning jamoadagi kelajagi borasida gapirib o‘tdi.
“Men Ivan bilan gaplashdim, u charchagan. Hozir ta’tilda dam olmoqda. Keyin esa biz bilan yig‘inga boradi. U jamoadan ketish niyati borligi haqida aytmadi. Huddi shuningdek Mauro ham. Qolaversa u bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibmiz. Bu deyarli tasdiqlangan. Bir so‘z bilan aytganda ushbu futbolchilar “Inter”da qolishi shart”, - deydi tajribali mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, "Inter" yangi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etadi.
Fikrlar