So‘nggi 2ta mundial g‘oliblari bugun "Alyants Arena"da kuch sinashishadi

  • 6 sentabr, 2018, 10:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Myunxendagi "Alyants Arena" stadionida so‘nggi ikki mundial g‘oliblari – Germaniya va Frantsiya terma jamoalari o‘zaro kuch sinashishadi.

Tecno

Uchrashuvga oid qiziqarli faktlar:

Germaniya so‘nggi ketma-ket 3ta o‘yindan buyon Frantsiyani enga olmayapti.

Germaniya va Frantsiya Myunxen shahrida ilk bor to‘qnash kelishmoqda.

Germaniya va Frantsiya terma jamoalari o‘rtasidagi so‘nggi uchrashuv 2017 yilning 14 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan va o‘shg bahs 2:2 hisobida yakunlangan.

Germaniya – Frantsiya

Stadion: "Alyants Arena"

Boshlanish vaqti: 23:45

Bosh hakam: Daniele Orsato (Italiya)

Taxminiy tarkiblar:

Germaniya: Noyer – Kimmix, Boateng, Xummels, Shults – Goretska, Kroos – Roys, Myuller, Brandt – Verner.

Frantsiya: Areolya – Pavar, Umtiti, Varan, Mendi – Kante, Pogba – Matyuidi, Grizmann, Mbappe – Jiru.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!