Solari "Real"ning so‘nggi 89 yil ichidagi eng muvaffaqiyatli murabbiyi bo‘ldi

  • 13 noyabr, 2018, 10:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha bajaruvchi hisoblangan Santyago Solari so‘nggi 89 yil ichida klubning eng yaxshi startda boshlagan murabbiyiga aylandi.

Tecno

Ta’kidlash lozimki, “qirollik klubi” argentinalik mutaxassis jamoaga kelganidan so‘ng jami 4ta o‘yin o‘tkazdi va ularning barchasida g‘alaba qozondi. Madridlik futbolchilar ushbu uchrashuvlarda raqiblari darvozasiga jami 15ta gol kiritishib, o‘z darvozalaridan jami 2ta gol o‘tkazib yuborishgan.

Opta nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 1929 yildan buyon “Real”ning hech bir murabbiyi o‘zining jamoadagi dastlabki 4ta bahsida bu qadar muvaffaqiyatga erisha olmay kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Solari bugun "Real"ga to‘laqonli bosh murabbiy etib tayinlanishi haqida xabar berilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!