
Solari "Real"ning mag‘lubiyatidan so‘ng nimalar dedi?
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Santyago Solari kecha La Liganing 18-turida "Real Sosedad"ga (0:2) qarshi o‘yinda uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“O‘yin boshida biz kontsentratsiyani yo‘qotdik va aynan shu sababli gol o‘tkazib yubordik. Bunday holat “Vilyarreal”ga qarshi bahsda ham sodir bo‘lgan edi. Biz o‘yinni qutqarib qolish uchun qo‘limizdan kelgancha harakat qildik, ammo yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmadik.
Bundan tashqari o‘yinda tushunarsiz holat ham ko‘p bo‘ldi. Vinisiusni yiqitilgan vaziyatda penalti bor edi. Bunday bahsli holatlar uchun VAR bor. Agar mana shunday vaziyatlarda undan foydalanilmasa, bu mantiqsizlik bo‘ladi”, - deydi argentinalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, “Real” ayni damda 18ta tur yakunlariga ko‘ra musobaqa jadvalida 30 ochko bilan 5-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar